Butun O‘zbekiston bo‘ylab premium transport xizmatlari
Siz uchun aeroportdan transferlar, korporativ safarlar va shaharlararo qatnovlarni tashkil etishda ishonchli hamkor.
Yiliga yo‘lovchilar
Yiliga buyurtmalar
Korporativ mijozlar
Yillik tajriba
Xizmatlarimiz
Har bir safar uchun qulay transport yechimlariAvtoparkimiz
Har qanday safarlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy biznes va premium toifadagi avtomobillar avtoparki.Aeroportda xizmat ko‘rsatish joyi
- Aeroportda shaxsan kutib olish va kuzatib qo‘yish xizmati
- Reysni real vaqt rejimida kuzatib borish
- Bagaj bilan yordam berish
- Bepul kutish vaqti
- Yashirin to‘lovlarsiz shaffof va qat’iy belgilangan narxlar
QULAY. ISHONCHLI. XAVFSIZ.
Rahbarlar, biznes tadbirlari tashkilotchilari, turistik agentliklar va O‘zbekistonga xizmat safari yoki sayohat maqsadida tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar uchun biznes va premium toifadagi transport xizmatlari.
Biz mijozlarimizga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun zarur tajriba, bilim va professional salohiyatga egamiz. Siz xizmat safariga, roud-shouga, sport tadbiriga yoki bir manzildan boshqa bir manzilga safarga otlangan bo‘lsangiz ham professional haydovchilarimiz yo‘l davomida siz uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydilar.
Amalga oshirilgan loyihalar
Mijozlarimiz Fikrlari
Mitsubishi CorporationTashkent
Kompaniyamiz 2018-yildan buyon UZVIPTRANS Service jamoasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan juda mamnunmiz.
Jamoa doimo 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lib, bu transport xizmatlarini uzluksiz va ishonchli muvofiqlashtirish uchun nihoyatda muhimdir. Ularning haydovchilari yuqori malakaga ega va ko‘p yillik haydovchilik tajribasiga ega. Ular mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni yaxshi biladilar hamda yo‘lda xavfsiz tezlik va masofaga qat’iy rioya qiladilar.
UZVIPTRANS Service mehmonlarimizning transport ehtiyojlarini barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘liq ta’minlab kelmoqda. Xizmatlar O‘zbekistonning turli hududlarida, jumladan Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Navoiy, Qarshi, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Bekobod shaharlarida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Biz ularning muvofiqlashtirilgan va professional faoliyatidan juda mamnunmiz hamda ushbu kompaniya bilan o‘rnatilgan yaxshi va samimiy hamkorlikni yuksak qadrlaymiz. Ularning ishonchli xizmati va samarali hamkorligi uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.
Intercontinental Hotel
UzVipTransService bilan hamkorligimiz har bir mehmonimizga taqdim etishga intiladigan yuqori darajadagi xizmat va lyuks muhitiga mos servisning ajralmas qismiga aylandi.
Lyuks toifadagi mehmonxona sifatida biz transport hamkorlarimizga nisbatan eng yuqori talablarni qo‘yamiz va UzVipTransService kompaniyasi doimo bu talablarga kutilgandan ham ortiq javob beradi va faoliyat yuritadi.
Haydovchilar oldindan yetib kelishadi, benuqson tashqi ko‘rinishga ega va mehmonlarimizni samimiy mehmondo‘stlik, professionallik hamda hush muomala bilan kutib olishadi.
Har bir avtomobil qulaylik, nafislik va tozalikning eng yuqori standartlariga javob beradi va mehmonlarimiz kutgan aynan o‘sha xizmat darajasini mukammal tarzda ta’minlashadi.
Ayniqsa, jamoaning xizmat ko‘rsatishda yuqori sifatni ta’minlashga bo‘lgan doimiy intilishini alohida ta’kidlashni istardik.
Aeroportda kutib olish va kuzatib qo‘yishdan tortib, murakkab yo‘nalishlarni tashkil etish va shoshilinch so‘rovlarni bajarish bilan bog‘liq har bir detallar aniqlik va yuksak e’tibor bilan amalga oshiriladi.
Jamoaning tezkorligi va ishonchliligi mehmonlarimizga Toshkentga yetib kelgan paytlaridanoq xotirjam va qulay safardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.
Bunday ishonchli transport hamkorining mavjudligi Front Office jamoamizga kundalik ish jarayonida to‘liq ishonch bilan ishlash imkonini beradi. Biz har bir transfer yuqori darajada tashkil etilishiga ishonamiz, bu esa mehmonlarimiz uchun unutilmas taassurotlar yaratishga e’tibor qaratishimizga imkon beradi.
UzVipTransService — oddiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lib qolmay, u yuqori sifat standartlariga bo‘lgan intilishimizni baham ko‘radigan ishonchli hamkordir.
Biz yillar davomida shakllantirgan mustahkam hamkorlik munosabatlarimizni yuksak darajada qadrlaymiz.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)
Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi va xalqaro mehmonlarimizga ko‘rsatilgan yuqori darajadagi transport xizmati uchun UzVIPTransService kompaniyasiga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Hamkorlikning ilk kunidanoq kompaniya jamoasi yuqori darajadagi professionallik, ishonchli va o‘z ishiga mas’uliyatli yondashuvni namoyon etdi. Har bir transfer aniq belgilangan jadvalga rioya qilingan holda, samarali muloqot va har bir mijozga e’tibor ko‘rsatib, yuqori darajada tashkil etildi. Avtomobillar doimo toza, qulay va yaxshi holatda edi. Haydovchilar esa xushmuomala, odobli va professional xizmat ko‘rsatdilar.
Ayniqsa, UzVIPTransService kompaniyasining xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajada ushlab turishga intilishi va kutilganidan ham ko‘prog‘ini bajarishga tayyorligini alohida ta’kidlashni istardik. Jadvaldagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlik, har bir detallarga e’tibor va so‘rovlarga tezkor munosabat missiyamizning muvaffaqiyatli o‘tishiga sezilarli hissa qo‘shdi. Hamkorligimiz davomida kompaniya har bir mehmonga xavfsiz, qulay va yuqori darajadagi g‘amxo‘rligi kutganimizdan ham ortiq bo‘ldi.
Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifati nafaqat ish jarayonining mukammal tashkil etilganini, balki mehmonlarga yuqori darajadagi mehmondo‘stlikni ta’minlashga bo‘lgan samimiy intilishni ham aks ettiradi. Bunday professional va ishonchli jamoa bilan hamkorlikdan biz mamnun bo‘ldik.
O‘zbekistonda premium toifadagi transport xizmatlarini izlayotgan barchaga UzVIPTransService kompaniyasini ishonch bilan tavsiya qilamiz. Professional, ishonchli va mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish kompaniyani ishonchli hamkorga ekanligidan darak beradi. Kelgusida ham hamkorligimizni davom ettirishdan umidvormiz.
UzVIPTransService jamoasining har bir a’zosiga yuqori darajadagi qo‘llab-quvvatlash va har bir safarni qulay, mukammal tashkil etganliklari hamda yoqimli taassurot uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Hyatt Regency Tashkent
Ushbu xat orqali UzVipTransService LLC kompaniyasi 2016 yildan buyon Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining ishonchli va qadrli transport hamkori ekanini tasdiqlaymiz. Kompaniya mehmonlarimiz uchun aeroport transferlari, shahar bo‘ylab safarlar, VIP-transport xizmatlari, shuningdek, maxsus transport so‘rovlarini amalga oshirish xizmatlarini taqdim etadi.
Hamkorligimiz davomida UzVipTransService LLC yuqori darajadagi professional, ishonchli va mehmonlar mamnun bo‘ladigan xizmatni ta’minlashga intilishni izchil namoyon etib kelmoqda.
Kompaniya haydovchilari mas’uliyati, xushmuomalaligi va ozoda ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Avtomobillar esa tozalik, xavfsizlik va qulaylikning yuqori standartlariga muvofiqdir.
Mehmonlarimizdan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha ijobiy fikrlar olib turamiz. Ayniqsa, kompaniyaning o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishi, moslashuvchanligi va har bir detallarga e’tibori yuqori baholanadi. Kompaniya shoshilinch so‘rovlarni ham samarali bajarib, safarlarni tashkil etishdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan moslasha oladi.
Premium toifadagi mehmonxona sifatida biz yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan intilishimizni baham ko‘radigan hamkorlarni ayniqsa qadrlaymiz.
Hamkorlik tajribamizga asoslangan holda, UzVipTransService LLC kompaniyasini ishonchli va professional transport xizmatlari provayderi sifatida ishonch bilan tavsiya qilamiz.